Oqibatda ikki nafar bola vafot etgan, ayol hamda uning ikki farzandi turli darajadagi kuyiş jarohatlarini olgan. Sudlanuvçi umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.
Joriy yilning 15-may kuni yarim tunda Ğuzor tumani Tinçlik mahallasidagi xonadonlardan birida yonğin sodir böldi. Yonğin vaqtida uyda bölgan ona va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandi olov içida qoldi.
Sud hujjatlariga köra, sudlanuvçi mazkur xonadonga qöşni uyda ijarada yaşab, kunlik işlarda işlab kelgan. Hodisa sodir bölgan kuni u işdan qaytayotganda spirtli içimlik isteʼmol qilib, uyiga kelgan.
U qöşni uy oldida töxtab, ayoldan ijaraçi kelgan-kelmaganini söragan. Ayol bilmasligini aytgaç, erkak uning pasporti va telefoni qayerdaligini söragan. Pasport bahonasida kelib çiqqan janjal vaqtida erkak ayolni yoqib yuboriş bilan tahdid qilgan.
Ayol buni jiddiy qabul qilmagan va farzandlari bilan keçki ovqatga ötirgan. Biroz vaqt ötgaç, sudlanuvçi beş litrlik idişda olib kelgan benzinni ayol va bolalarning ustiga sepib, gugurt çaqqan.
Bir zumda uy alanga içida qolgan. Ona va bolalar atrofdagilardan yordam sörab baqirgan.
Oqibatda olti yoşli bola va 11 yoşli qiz vafot etgan. Ayolning özi va qolgan ikki farzandi turli darajadagi kuyiş jarohatlarini olib, şifoxonada davolangan.
Sudda jinoyat işi böyiça töplangan hujjatlar, guvohlarning körsatmalari va hodisa tafsilotlari körib çiqildi. Sudlanuvçining aybi töliq tasdiqlandi.
Ayol suddan sudlanuvçiga adolatli jazo tayinlaşni söradi.
Sud Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «v», «d» va «j» bandlari bilan sudlanuvçiga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.
Sud hukmiga köra, sudlanuvçi umrining oxirigaça qamoqda qoladi.