Maʼlum qilinishicha, holat boʻyicha advokatga nisbatan tergov harakatlari, sudyaga nisbatan esa Sudyalar oliy kengashi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.
Ayni paytgacha xizmat tekshiruvi va tergov jarayonida sudyaning advokatdan pul soʻragani yoki olganini tasdiqlovchi biror-bir dalil aniqlanmagan.
Pul mablagʻlari advokatning yonidan hamda sudyaning xizmat xonasiga kirish qismidagi shkafning ochiq, barchaga koʻrinib turadigan oʻrta qismidan rasmiylashtirib olingan.
Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi xabar berishicha, ayni paytda xizmat tekshiruvi va tergov jarayonlari davom etmoqda. Ularning natijalari yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi.
Shuningdek, tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik, aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilish va shoshilinch xulosalar chiqarmaslik soʻraldi.