Maʼlum qilinishicha, direktor fuqaro G.Sh.ni mazkur maktabga ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilish evaziga 600 AQSH dollari olgan vaqtda ashyoiy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.