Bu bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruvda boshqarma mas’ul shaxslari «F.A.» xususiy korxonasi va «Q.Z.» MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida 3,9 mlrd so‘mlik 6 084 tonna asfalt sotib olgani aniqlangan.

Shundan so‘ng 26 ta MFY hududidagi 61 ta ko‘chada amalda bajarilmagan ishlarga 283 tonna asfalt qo‘shib yozilib, 158,7 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.