Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, masʼul shaxslar bir qator fuqarolarni ishchi sifatida rasmiylashtirgan. Biroq ular amalda ishlamagan boʻlsa-da, ushbu shaxslarga 1 mlrd soʻm miqdorida ish haqi hisoblangan.
Tekshiruvga koʻra, hisoblangan mablagʻlar boshqarma masʼullari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun sarflangan va natijada byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.