Ko‘prik ikki davlat o‘rtasidagi birinchi avtomobil o‘tish joyiga aylandi. U 1959-yildan beri Rossiya va KXDRni bog‘lab turgan amaldagi temir yo‘l "Do‘stlik ko‘prigi" yonida qurilgan, deb xabar berdi Kazinform.

Ko‘prik ochilishi bilan bir vaqtda "Xasan" chegara nazorat-o‘tkazish punkti qurilishi ham yakunlandi. Obyekt 10 ta harakat polosasiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning o‘tkazish quvvati soatiga 300 tagacha transport vositasini tashkil etadi.

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinning ta’kidlashicha, chegarabo‘yi transport infratuzilmasini rivojlantirish Rossiya va KXDR o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnologik va madaniy hamkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratadi.

Yangi avtomobil o‘tish joyi, shuningdek, chegarabo‘yi hududlarini rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasidagi transport qatnovi hajmini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.