Mazkur ko‘prik Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini bevosita viloyat markazi bilan bog‘laydi. Uzunligi 481,5 metrni tashkil etuvchi mazkur ko‘prik mustaqillik yillarida O‘zbekistonda daryo ustida qurilgan eng yirik va uzun inshootlardan biri hisoblanadi.
Loyiha doirasida 17,5 kilometr yangi yo‘l ham bunyod etilishi natijasida Uychi, Norin tumanlarida transport tirbandliklari va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oldi olinadi.