Yodgora Ziyomuhamedova 34 yildan ziyod O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida samarali ijod qilib, sahnada 100 ga yaqin turli obrazlarni yaratgan. Uning "Qizil shapkacha"da Qizil shapka, "Zumrad va Qimmat"da Qimmat, "Farzandim jigarbandim"da Sanobar, "Sening taqdiring"da Nazira, "Yarash-yarash"da Pokiza, "Burgut"da Gulnur, "Birinchi muallim"da Oltinoy kabi obrazlari tomoshabinlar mehri va e’tiboriga sazovor bo‘lgan.
Aktrisa televideniye va kino sohalarida ham samarali ijod qilib, ayniqsa, bolajonlar sevib tomosha qilgan "Oqshom ertaklari" ko‘rsatuvini 25 yil davomida olib borgan.
Yodgora Ziyomuhamedovaning milliy san’atimiz rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, serqirra ijodi va boy ijodiy merosi xalqimiz xotirasida hamisha saqlanib qoladi.
Madaniyat vazirligi jamoasi marhumaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga, shogirdlari, hamkasblari hamda san’at ahliga chuqur ta’ziya izhor etadi.