U o‘zining kino va televideniyedagi rollari, rejissyorlik faoliyati hamda ko‘plab yosh ijodkorga bergan saboqlari bilan milliy san’atimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

Aktyor tomoshabinlarga rejissyor Zulfiqor Musoqovning «Vatan» filmidagi roli orqali tanilgan.

Shuningdek, ijodkor «Omad», «So‘nggi lahza», «Hijron», «Nazar», «Yigit yig‘lamasin», «Aldangan ko‘ngil», «Mehr» kabi ko‘plab badiiy filmlar hamda milliy teleseriallarda turli obrazlarni gavdalantirgan.

Abdumannon Ubaydullaev nafaqat aktyorlik, balki rejissyorlik va pedagogik faoliyati bilan ham milliy san’at sohasida o‘z o‘rniga ega edi.

U san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor sifatida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiining «Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati» kafedrasida faoliyat yuritib, talaba yoshlarga ta’lim berib kelgan.

Marhumning oxiratlari obod bo‘lsin.