Bu haqida Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita tahlillari davomida ayrim operator va provayderlarning mobil ilovalari hamda veb-saytlarida iste’molchilar uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq joylashtirilmagani aniqlangan.

Xususan, tariflar va narxlar, xizmat ko‘rsatish shartlari, ommaviy oferta hamda boshqa zarur ma’lumotlar yetarli darajada taqdim etilmagan. Shuningdek, ayrim axborotlar davlat tilida berilmayotgani qayd etilgan.

Ayni paytda Raqobat qo‘mitasi striming, internet va raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mobil ilovalari va veb-saytlarini o‘rganmoqda. Bunda iste’molchilar uchun zarur axborotlarning to‘liq taqdim etilishi hamda ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi ochiq manbalar asosida tahlil qilinmoqda.

Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga mobil ilovalari va veb-saytlaridagi ma’lumotlarni to‘liq taqdim etish hamda ularni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish zarurligi eslatildi.

Iste’molchilar o‘z taklif va mulohazalarini info@raqobat.gov.uz hamda consumer@antimon.gov.uz elektron pochta manzillariga yuborishlari mumkin.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.