Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 million dollar sarflashga to‘g‘ri kelmoqda. 

Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilgan. Mas’ullarga shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi. 

Tizimdagi jiddiy kamchiliklar uchun energetika vaziri va “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi. “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga yil yakunigacha sinov muddati belgilandi. Natija bo‘lmasa, ular ham ishdan ketishi haqida ogohlantirildi. 

Yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov va Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i Axad Isoqjonov bugundan yangicha ish uslubini joriy qilishi shartligi ta’kidlandi. 

“Hokimlar ham “Bu energetiklarning ishi” deb xotirjam o‘tirishga haqqi yo‘q. So‘rov qattiq bo‘ladi”,

 – dedi Prezidentimiz.