Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A. M.A. va B.B. fuqaro B.L.ga qalbaki 10 000 AQSh dollari va 20 mln so‘mni 14 mln so‘mga hamda qalbaki 10 000 AQSh dollarini fuqaro O‘.A.ga 8,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.