Ayni paytda hodisa joyida tegishli mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari ish olib bormoqda. Hodisa sabablarini aniqlash, uning oqibatlarini bartaraf etish hamda shikastlangan qismni tiklash ishlari ular tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi barcha jalb etilgan xizmatlarning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirib, hududda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni imkon qadar kamaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Vaziyat va olib borilayotgan ishlarning har bir bosqichi doimiy nazoratda.

Hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda. Tekshirilgan va tasdiqlangan ma’lumotlar asosida Toshkent shahar hokimligi jamoatchilikni vaziyat hamda ko‘rilayotgan choralar haqida muntazam xabardor qilib boradi.

Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Haydovchilardan o‘z yo‘nalishlarini rejalashtirishda ushbu cheklovni inobatga olishlari so‘raldi.