Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Suv ta’minot va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent hududiy boshqarmasi va Toshkent viloyati “Suvoqova” DUK o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra Nurafshon shahrida qurilayotgan oqova suv tozalash inshootida amalda bajarilgan 73,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini 87,2 mlrd so‘mga bajarilganligi haqida soxta ma’lumotlar tuzib, 13,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.