@noqonuniy_qurilish_bot orqali poytaxtdagi noqonuniy qurilish obyektlari haqida tezkor ma’lumot yuborish mumkin.

Fuqarolar ko‘p qavatli uylar atrofi, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, yashil hududlar va boshqa jamoat joylarida noqonuniy qurilishga duch kelsa, bu haqida bot orqali xabar berishi so‘ralgan.

Bosh prokuratura fuqarolarni jamoatchilik nazoratida faol ishtirok etishga chaqirgan.