Qarorga muvofiq, turizm sohasi subyektlarining kreditlari boʻyicha quyidagi foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq boʻlmagan qismi kompensatsiya qilinadi:
- joylashtirish vositalarini qurish uchun oldin berilgan kreditlar boʻyicha 2020-yil 1-iyundan 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan foiz xarajatlari;
- yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirish uchun beriladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari;
- aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun beriladigan 1 milliard soʻmgacha miqdordagi kreditlar boʻyicha 2020-yil 1-iyundan 31-dekabrga qadar boʻlgan foiz xarajatlari.
Shuningdek, joylashtirish vositalarini qurish uchun oldin berilgan kreditlar boʻyicha 2020-yil 1-martdan 1-iyungacha boʻlgan davrda foiz xarajatlari toʻliq hajmda kompensatsiya qilinadi.
Ushbu kompensatsiyalar turizm sohasi subyektlarining kreditlari soni va hajmidan, shuningdek, oldin berilgan va (yoki) berilayotgan kompensatsiyalar sonidan qatʼi nazar ajratiladi.
Qaror bilan turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, subsidiyalar:
- turoperatorlarga – avia va temir yoʻl chiptalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun;
- turoperator va turagentlarga – Oʻzbekistonga olib kelingan va xizmat koʻrsatilgan har bir xorijiy turist uchun;
- joylashtirish vositalariga – joylashtirish xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) uchun ajratiladi.
Turizm sohasidagi tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 6-oktyabrda “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
JSST semizlikni davolash bo‘yicha ilk global tavsiyalarini e’lon qildi
- Buxoroda 794 mln so’mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
- Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga AQShlik olimlar loyiq ko‘rildi
- Boʻstonliqda 4 gektar yerda uy-joy qurilishiga ruxsat olib berishni va’da qilgan shaxs 100 ming dollarni olayotganda ushlandi
- Milliy reja: Bemor bolalarning 90 foizi palliativ yordam va reabilitatsiya bilan qamrab olinadi
- “Turonbank”da “Rahbarlar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- 2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida