Bu haqda mahalliy Haber Global telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi yomg‘ir yog‘ayotgan yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan, oqibatda transport vositasi ag‘darilib ketgan. Baxtsiz hodisada qirq kishi turli jarohatlar olgan va yaqin atrofdagi shifoxonaga yotqizilgan.
Tez yordam xizmatlari voqea joyida ishlamoqda va tergov olib borilmoqda, deb xabar berdi report.az.