“UT Dogu travel” mahalliy turistik kompaniyasi va Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Turkiyadagi Naqshbandiya tariqati vakillarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmi yoʻnalishida sayohati tashkil etildi. Ziyorat muqaddas Juma kuniga toʻgʻri kelganligi sababli Mehmonlar sayohatni Urganch shahridagi “Oxunbobo” jome masjidida juma namozini ado etishdan boshlashdi. Undan tashqari. Turkiyalik mehmonlar shuningdek, Xiva shahri “Ichan qalʼa” majmuasida ham boʻldilar. Shuningdek, Xorazm viloyati musulmonlar idorasi, Turizm va sport bosh boshqarmasi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ziyorat turizmini rivojlantirishda oʻzaro hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish mavzusida suhbat olib borildi. Undan tashqari, mehmonlar Buxoroning Bahouddin Naqshband muqaddas qadamjosida ziyorat amallarini ado etishdi. Ziyoratchilar 10 kunlik sayohatlari davomida Yetti Pir ziyoratgohlarida ham boʻlishadi. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Bahouddin Naqshband hunarmandchilik markazida faoliyat boshlagan yangi Mehmonxona Turkiyadan tashrif buyurgan eng nufuzli din ulamolari, shayxlar va ziyorat turizmi vakillaridan iborat ilk mehmonlarini qabul qildi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Turkiyalik ziyoratchilar Xiva va Buxoroga tashrif buyurdi
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasiga 24 kishidan iborat Turkiyaning eng nufuzli diniy ulamolari, shayxlari va ziyorat turizmi vakillari tashrif buyurishdi.
Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga keldi
- Yangi tahrirdagi «Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi
- Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslar javobgarligi kuchaytiriladi
- Oʻzbekistonda “yashil” energiya ishlab chiqarish 3 mlrd kVt·soatdan oshdi
- Eron oliy rahbari davlat delegatsiyasiga muzokaralarda ishtirok etishga rozilik bildirdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ostonaga joʻnab ketdi
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi
- Prezidentimiz Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
- O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Abduqodir Husanov “Manchester City”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi