25–27-noyabr kunlari Central Asian Expo (CAEx) körgazmalar majmuasida ötkazilayotgan TITF 2026 doirasida Malayziya özining turistik imkoniyatlari, madaniyati va anʼanalarini keng namoyiş etmoqda.
Mamlakat stendida işbilarmonlik uçraşuvlari bilan bir qatorda milliy raqs va musiqiy çiqişlar, hunarmandçilik hamda gastronomik namoyişlar taşkil etildi. Taşrif buyuruvçilar batik bezagi böyiça mahorat darslarida qatnaşiş, şuningdek, maşhur malayziyaça sutli çoy — tex tarik tayyorlaniş jarayonini kuzatiş va uni tatib köriş imkoniga ega böldi.
Malayziya delegatsiyasi tarkibidan mehmonxona tarmoqlari va kurortlar, turoperatorlar, turagentliklar, taʼlim muassasalari, Batik Air aviakompaniyasi, Langkawi Development Authority (LADA) va Islamic Tourism Centre (ITC) vakillari örin olgan.
Körgazmaning rasmiy oçiliş marosimida Tourism Malaysia boş direktorining Promotion II yönalişi böyiça örinbosari Li Tay Xung, taşkilotning xalqaro tarğibot departamenti vakillari, Olmaotadagi vakolatxonasi direktori Nor Şazli Azmi, şuningdek, Özbekiston va Malayziya turizm sohasi vakillari iştirok etdi.
Maʼlumotlarga köra, 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida Malayziyaga Özbekistondan 22 529 nafar sayyoh taşrif buyurgan. Bu 2025-yilning şu davriga nisbatan 64,1 foiz köpdir. Markaziy Osiyoning beşta mamlakati böyiça esa jami taşriflar soni 77 137 nafarga yetgan va yillik ösiş 21,7 foizni taşkil qilgan.
Tourism Malaysia boş direktorining örinbosari Li Tay Xung sayyohlar oqimining ösişini ijobiy natija sifatida baholab, ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligini taʼkidladi.
Uning qayd etişiça, Malayziyaning maqsadi faqat sayyohlar sonini köpaytiriş bilan çeklanmaydi. Mamlakat Özbekiston turizm sohasi bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantiriş, mahalliy sayyohlarning qiziqişlariga mos turistik takliflarni köpaytiriş va Malayziyani qayta taşrif buyuriş istagini uyğotadigan yönalişga aylantirişga intilmoqda.
Malayziyaning TITF 2026 körgazmasidagi iştiroki Visit Malaysia 2026–2027 xalqaro kampaniyasi doirasida amalga oşirilmoqda. Uşbu taşabbus mamlakatning boy madaniy merosi, tabiiy diqqatga sazovor joylari va turistik imkoniyatlarini xalqaro auditoriyaga kengroq tanitişga qaratilgan.
27-noyabr kuni körgazma doirasida alohida B2B uçraşuvlar ham taşkil etildi. Unda aviakompaniyalar, turoperatorlar va turizm sohasining boşqa vakillari iştirok etib, yangi hamkorlik yönalişlarini rivojlantiriş, qöşma turistik mahsulotlar yaratiş hamda ikki mamlakat örtasidagi sayyohlik aloqalarini kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.
Hamkorlik materiali