Ishchi guruhga voqeani atroflicha o‘rganish, shuningdek, mas’ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan.
Vazirlik ma’lum qilishicha, voqeaga aloqador va o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan vakolatli tashkilotlar doirasida tegishli choralar ko‘riladi.
Holatga daxldor deb gumon qilingan ta’lim tashkiloti xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
Shuningdek, bunday holatlarning boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham takrorlanishining oldini olish maqsadida vazirlikning maxsus ishchi guruhi tomonidan hozirda O‘zbekistondagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari tekshirilyapti.
Vazirlik voqeaga aloqador barcha xodim va mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.