Tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, shuningdek, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari belgilangan kunlarda fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.

Rahbarlarning shaxsiy qabul vaqtları quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi — har oyning birinchi va uchinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi — har oyning ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00;
  • Toshkent shahar hokimi — har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi payshanba kunlari soat 15:00 – 17:00;
  • Andijon viloyati hokimi — har shanba kuni soat 10:00 – 16:00;
  • Buxoro viloyati hokimi - har oyning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00-12:00;
  • Jizzax viloyati hokimi — har shanba kuni soat 9:00-17:00;
  • Qashqadaryo viloyati hokimi — har oyning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi shanba kunlari soat 11:00 – 14:00;
  • Navoiy viloyati hokimi — har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi seshanba kunlari soat 10:00 – 12:00;
  • Namangan viloyati hokimi — har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00;
  • Samarqand viloyati hokimi — har juma kuni soat 10:00 – 12:00;
  • Sirdaryo viloyati hokimi — har dushanba kuni soat 9:00 – 11:00;
  • Surxondaryo viloyati hokimi - har oyning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 14:00 – 17:00;
  • Toshkent viloyati hokimi - har juma kuni soat 14:00 – 15:00;
  • Farg‘ona viloyati hokimi — har oyning birinchi, uchinchi, to‘rtinchi payshanba kunlari soat 11:00 – 13:00;
  • Xorazm viloyati hokimi — har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi juma kunlari soat 10:00 – 12:00.

Qolaversa, hududlar rahbarlarining o‘rinbosarlari qabuli vaqtları bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Obyektiv sabablarga ko‘ra, qabul o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda qabul kuni va vaqti o‘zgartirilib, maxsus havola orqali oldindan rasmiy e’lon beriladi.