Davlatimiz rahbarining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni ijrosi doirasida hamda aholi murojaatlari vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilmoqda.
O'rganishlar natijasida 41 ta vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan jami 1070 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish, mas’ul xodimlarni javobgarlikka tortish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo’yicha tegishli choralar ko’rish talabi bilan nazorat xatlari yuborildi.
Tahlillarga ko‘ra, hisobot davrida murojaatlarning ijro muddatlarini eng ko’p buzgan TOP-10 hokimliklar, vazirlik va idoralar ro’yxati:
Andijon viloyati hokimligi – 137
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – 107
Surxondaryo viloyati hokimligi – 103
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi – 79
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi – 65
Toshkent shahar hokimligi – 55
Qashqadaryo viloyati hokimligi – 45
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi – 45
Namangan viloyati hokimligi – 44
️Ayni paytda aniqlangan holat bo‘yicha tashkilot va idoralarda ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, 19 nafar xodim lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, PF-51-son Farmon talablari asosida 600 ga yaqin murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan hamda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan 13 ta vazirlik va idoralarga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.