Besh qavatli binoda talabalarning yashashi, taʼlim olishi va dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Yangi talabalar turar joyining ochilish marosimi markazlashgan holda Zoom platformasi orqali tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Feruza Madrahimova, faxriy ustozlar, Universitet kengashi aʼzolari, professor-oʻqituvchilar hamda bino qurilishida ishtirok etgan quruvchilar qatnashdi.

Taʼkidlanishicha, yangi talabalar turar joyining foydalanishga topshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi arafasida talabalarga munosib tuhfa boʻldi.