Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesiga tayanib TASS xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, evakuatsiya ishlari kuchli yogʻingarchiliklar va ayrim hududlarda suv toshqini xavfi ortishi munosabati bilan amalga oshirilgan. Baʼzi aholi punktlarida allaqachon keng koʻlamli suv bosishi kuzatilgan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, mazkur hududda 61 ming kishi yuqori xavf zonasida qolmoqda. Masʼul davlat idoralari insonlar halok boʻlishining oldini olish va tabiiy ofat oqibatidagi moddiy zararni kamaytirish choralarini koʻrmoqda.
Xitoyda yoz mavsumida kuchli yogʻingarchiliklar va tayfunlar tez-tez kuzatiladi. Hukumat hisob-kitoblariga koʻra, faqat iyul oyida mamlakat boʻylab qariyb 2,5 mln kishi tabiiy ofatlar xavfi tufayli evakuatsiya qilingan.
Oʻtgan oyda tayfunlar, kuchli yogʻingarchiliklar, koʻchkilar, boʻronlar va boshqa tabiiy ofatlar Xitoy iqtisodiyotiga 57,15 mlrd yuan, yaʼni taxminan 8,41 mlrd dollar miqdorida zarar yetkazgan.