Bu haqda Xitoy davlat televideniyesi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Chaqmoq” deb nomlangan robot bu natijaga shanba kuni Pekinda o‘tkazilgan ikkinchi Jahon gumanoid robot o‘yinlariga tayyorgarlik sinovlari paytida erishdi.

Robotning eng yuqori tezligi soniyasiga 14,5 metrga yetdi. Taqqoslash uchun, Useyn Bolt 100 metrni 9,58 soniyada yugurib o‘tgan — bu 2009 yil 16 avgustda Berlinda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘rnatilgan amaldagi jahon rekordidir.

Aprel oyida “Chaqmoq” Pekinda 21 kilometrlik yarim marafonda ham g‘olib chiqdi va 50 daqiqa 26 soniya natija bilan eng ilg‘or sportchilarining jahon rekordidan ham yaxshiroq natija qayd etdi. Yarim marafon davomida robotning bo‘yi 169 santimetr, oyoqlari esa 95 santimetr edi. Keyinchalik tadqiqotchilar uning oyoq uzunligini 10 santimetrga oshirib, 1,05 metrga yetkazishdi, deb xabar berdi report.az.