Bugun, 23-noyabr kuni, respublika hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanadi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining baʼzi joylarida yomğir yoğadi.

Bugun keçga tomon va ertaga kunduzi respublika ayrim hududlarida ham yomğir yoğişi mumkin. Keyinçalik iş haftasining oxirigaça asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kutilmoqda.

Biroq 26-noyabrda Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida, şuningdek, şu kuni keçqurun va 27-noyabrga ötar keçasi Toşkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining baʼzi hududlarida yomğir yoğişi mumkin.

Harorat özgarib turadi. Kunduz kunlari dastlab 22–27 daraja iliq bölgan havo keyinçalik 10–15 darajagaça pasayadi. Tunlari esa asosan 8–13 daraja iliq bölişi kutilmoqda.

Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Ayrim vaqtlarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, baʼzi joylarda çang-tözon kuzatilişi mumkin. 23-noyabrda ayrim hududlarda şamol tezligi 20–22 metr/soniyagaça yetişi ehtimoli bor.

Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomğir va qor yoğadi. 24-noyabrda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin.

Toşkentda 24-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğib, kunduzgi harorat 15–17 darajagaça pasayadi.

25–26-noyabrda asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kunduzi harorat 19–24 daraja iliq böladi. 26-noyabr keçqurun va 27-noyabrga ötar keçasi yomğir yoğişi mumkin. 27-noyabrda esa kunduzgi harorat 10–15 darajagaça pasayadi.