Bu haqda Xinhua mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.
Jarohatlanganlar davolanish uchun shifoxonalarga olib ketilgan, 196 kishi evakuatsiya qilingan.
Ibin zilzila falokatlarini boshqarish shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Xitoy seysmik tarmoq markazining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi 6 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Xitoy zilzila boshqarmasi zilzila tufayli 3-darajali favqulodda holat e’lon qildi, deb xabar berdi report.az.