Bu — Syntrichia caninervis turiga mansub mox bo‘lib, uning namunalari Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qurbontung‘it cho‘lidan to‘plangan. Olimlar uni bugungi kungacha kashf etilgan eng cho‘lga chidamli o‘simlik turi deb hisoblashadi.
Laboratoriya sinovlari shuni ko‘rsatdiki, mox hujayralaridagi namlikning 98 foizini yo‘qotgandan keyin ham tiklana oladi va -196 ° C sovuqqa va yuqori dozadagi gamma nurlanishiga bardosh bera oladi.
Mox Xitoyning "Sinchjou" yuk kemasida mikrogravitatsiya va kosmik nurlanish sharoitida sinovdan o‘tkazildi va chidamliligini isbotladi. Orbitadagi qurigan namunalar ozgina suv berilganda qayta tiklandi, deb xabar berdi Kazinform.
— Bu butun o‘simlikning Yerning past orbitasiga olib chiqilishi va qayta tiklanishi birinchi marta sodir bo‘lmoqda, — dedi Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon ekologiya va geografiya instituti tadqiqotchisi Li Syaoshuan.
Olimlarning fikricha, moxning qayta tiklanish qobiliyati chuqur kosmik tadqiqotlar uchun yangi yo‘llarni ochadi. Uning genetik materiali esa kelajakda qurg‘oqchilikka chidamli ekinlarni yetishtirishga va cho‘llanishning oldini olishga yordam berishi mumkin.