Avval xabar berganimizdek, “Yangi Oʻzbekiston” gazetasida har haftaning juma kuni “Tamaddun tafakkuri” nomli maxsus qoʻshimcha sahifalar taqdim etib boriladi. Ushbu sonda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga maxsus sahifalarimiz orqali tashrif buyurasiz, yurtdoshlarimiz va butun dunyo mamlakatlaridan kelayotgan sayyohlar eʼtiroflari, xorij nashrlarida markaz haqida eʼlon qilingan maqolalar sharhi bilan tanishasiz, majmua ziyoratining tartib-qoidalarini bilib olasiz. Shuningdek, “Vaqt devori” boʻylab virtual sayohat qilasiz.
Shuningdek, ushbu maxsus sahifalarda
- akademik Shuhrat Sirojiddinovning Muazzam koshona;
- siyosiy fanlar doktori, professor Husniddin AHMEDOVning Ilm-maʼrifat yadrosi sarlavhali maqolalarning elektron shakli bilan tanishishingiz mumkin.