Uning qayd etishicha, studiyaning 22,9 mln yevro miqdorida kredit majburiyati mavjud. Kredit taʼminoti sifatida kinostudiyaning mol-mulki, jumladan, yer maydonlari ham garovga qoʻyilgan.

Shuningdek, “Oʻzbekfilm”ning soliqlar boʻyicha qarzdorligi qariyb 1 mlrd soʻmdan oshgan. Qarz sabab studiya balansidagi 12 ta avtomobil 12 kun ichida auksionga chiqarilishi xavfi mavjud.

Jahongir Ahmedovga koʻra, studiya yiliga kamida 60 mlrd soʻmlik buyurtma bajarmasa, oʻzini moliyaviy jihatdan taʼminlay olmaydi. Uning taʼkidlashicha, “Oʻzbekfilm” amalda davlat buyurtmasiga qaram boʻlib qolgan va uning bozorga mos biznes modeli shakllantirilmagan.

Kinematografiya agentligi direktori studiyani moliyaviy jihatdan barqaror, zamonaviy boshqaruvga ega va xususiy investitsiyalar hamda xalqaro hamkorlikni jalb qila oladigan milliy kino kompaniyasiga aylantirish zarurligini taʼkidladi.