Mazkur bahsni germaniyalik FIFA hakami Feliks Cvayer boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Robert Kempter va Kristian Dits yordam beradi.

To‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlar vazifasini ispaniyalik Alejandro Ernandes va Diego Sanches bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kongo DRga qarshi uchrashuvi 28 iyun kuni Atlanta shahridagi «Atlanta Stadium»da bo‘lib o‘tadi.