Uçraşuvning 5-daqiqasida Melyoxin öz darvozasiga gol urib qöydi va terma jamoamizni oldinga olib çiqdi. Ikkinçi bölim boşida, 46-daqiqada Behruz Karimov Özbekistonning ikkinçi golini kiritdi.
Biroq uçraşuvning sönggi qismida rossiyalik futbolçilar taşabbusni qölga oldi. 70-daqiqada zaxiradan maydonga tuşgan Komliçenko hisobdagi farqni qisqartirdi. U oradan beş daqiqa ötib, 75-daqiqada yana bir gol urib, muvozanatni tikladi.
79-daqiqada esa yana bir zaxira futbolçisi Mirançuk ğalaba golini kiritdi — 2:3.
Maʼlumot uçun, Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi örtoqlik uçraşuvini 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarşi mehmonda ötkazadi.