Sergey Chigodaev shogirdlari uchun ushbu uchrashuv guruhdagi birinchi oʻrinni hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bellashuvda gʻalaba qozongan jamoa “D” guruhida peshqadam boʻladi. Durang natija qayd etilsa, Avstraliya birinchi oʻrinni saqlab qoladi.

Har ikki jamoa ham Hindiston U-17 terma jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, guruhdan chiqish hamda joriy yil boʻlib oʻtadigan U-17 jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Maʼlum qilinishicha, guruhdagi toʻrtinchi jamoa — Shimoliy Koreya U-17 terma jamoasi musobaqada ishtirok etmayotgani sababli, jamoalar guruh bosqichida faqat ikkita uchrashuv oʻtkazadi.

Qayd etish joiz, 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionati joriy yilning 19 noyabridan 13 dekabrigacha Qatarda boʻlib oʻtadi.