Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yigʻilishining qarorini imzoladilar.
Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
– Pensiya taʼminoti sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– 2030-yilga qadar tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish boʻyicha dastur;
– Investitsiyalar va savdo sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
– Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Adliya vazirliklari oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Kinologiya sohasida tajriba almashish va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– Urganch va Xonkendi, Buxoro va Lochin, Urganch va Naxchivon shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bayonnomalar.