Unda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş, kiberjinoyatlarning oldini oliş hamda aholi, ayniqsa, yoşlar xavfsizligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.
Içki işlar vaziri Aziz Taşpulatov raisligida ötkazilgan yiğilişda mazkur tadbirning yangi bosqiçiga tayyorgarlik va avvalgi bosqiç natijalari muhokama qilindi.
Oldingi bosqiçda jinoyatlar 2 228 taga kamaygan
Joriy yilning 1-iyul — 15-avgust kunlari ötkazilgan tadbirning ikkinçi bosqiçi natijasida oldi olinişi lozim bölgan jinoyatlar 2 228 taga kamaygan.
Qotillik, oğir tan jarohati yetkaziş, talonçilik, bosqinçilik, firibgarlik va bezorilik kabi jinoyatlar soni pasaygan. Içki işlar organlari xodimlarining taşabbusi bilan jinoyatlarni aniqlaş körsatkiçi esa 792 taga oşgan.
Qariyb 1,8 million doza giyohvandlik vositasi aniqlangan
Tadbir davomida «qora bozor»dagi taxminiy qiymati 221,7 milliard söm bölgan 1,8 million doza giyohvandlik vositasi aniqlangan.
Şuningdek, 66 ming dona kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari va 44 919 tup zahriqotil ösimlik musodara qilingan. Uçta noqonuniy narkolaboratoriya faoliyatiga çek qöyilgan.
Bu kabi çoralar, ayniqsa, yoşlarni giyohvandlik balosidan himoya qiliş va narkotik moddalarning noqonuniy tarqalişiga qarşi kuraşişga qaratilgan.
Kiberjinoyatlardan 18 mingdan ortiq fuqaroning huquqlari tiklangan
Internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlar ham yiğilişda alohida muhokama qilindi.
Maʼlum qilinişiça, ötgan davrda Özbekiston kibermakoniini himoya qiliş maqsadida 24 mingdan ortiq tezkor-texnik va tezkor-qidiruv tadbirlari ötkazilgan.
Natijada 17 490 ta axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyat foş etilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 251 foizga köp.
Körilgan çoralar natijasida 18 mingdan ortiq fuqaroning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklangan. Ularga yetkazilgan 182 milliard 176 million söm moddiy zararning qaytarilişi taʼminlangan.
660 mingdan ortiq fuqaroning pullari talon-toroj qilinişiga yöl qöyilmagan
Kiberjinoyatçilar köpinça fuqarolarning bank kartalari maʼlumotlari va tasdiqlaş kodlarini qölga kiritiş orqali pullarini özlaştirişga harakat qiladi.
Içki işlar organlari tomonidan bank hisobvaraqlaridan mablağlarni noqonuniy yeçib olişga qaratilgan 459 ta fişing turidagi zararli dastur aniqlanib, ularning faoliyatiga çek qöyilgan.
Buning natijasida sönggi 9 oy davomida 660 mingdan ortiq fuqaroning elektron qurilmalari va pul mablağlari talon-toroj qilinişiga yöl qöyilmagan.
Şuningdek, kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilik buzilişi bilan boğliq 3 929 ta jinoyat aniqlangan. Jinoiy yöl bilan topilgan 112,2 milliard sömdan ortiq mablağlarni kriptoaktivlar şaklida mamlakatdan olib çiqib ketişning oldi olingan.
Fuqarolar nimalarga eʼtibor berişi kerak?
Içki işlar organlari aholini internetdagi firibgarliklardan ehtiyot bölişga çaqirmoqda.
Jumladan:
- Bank kartasi maʼlumotlari va SMS-kodlarni begona şaxslarga bermaslik;
- Nomaʼlum havolalar orqali kirilgan saytlarga şaxsiy maʼlumotlarni kiritmaslik;
- Internet orqali kelgan şubhali takliflarga işonmaslik;
- Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş.
«Xavfsiz va soğlom yurt» tadbirining uçinçi bosqiçida huquqni muhofaza qiluvçi organlar, mahalliy hokimliklar va boşqa taşkilotlar hamkorligi kuçaytiriladi.
Tadbir doirasida jinoyatçilikning oldini oliş, giyohvandlikka qarşi kuraşiş va aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş böyiça işlar olib boriladi.