Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozxon Karimova maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, mazkur tashabbus yuzasidan parlament deputatlari va senatorlar bilan dastlabki muhokamalar oʻtkazilgan. Endi qonun loyihasini ishlab chiqish va uni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
«Biz ham hozir ushbu masalani oʻylayapmiz. Bu boʻyicha deputatlarimiz va senatorlarimiz bilan ham gaplashdik. Qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻymoqlchimiz. Bu tartib bizda ham boʻlishi kerak, deb oʻylayman», — dedi vazir.
Eʼzozxon Karimova hozirgi raqamli davrda bolalarni telefondan toʻliq voz kechtirishning imkoni yoʻqligini, ammo undan toʻgʻri va meʼyor asosida foydalanish madaniyatini shakllantirish muhimligini taʼkidladi.
Uning qayd etishicha, maktablarda oʻquvchilarning dars jarayonida telefondan foydalanishiga oid tartiblar va odob-axloq qoidalari mavjud. Biroq ularning ijrosi hamma joyda bir xil taʼminlanmayotgani bois, 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun yoʻli bilan cheklash imkoniyati koʻrib chiqilmoqda.