Bu haqida Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ularning asosiy qismini engil avtomobillar tashkil etadi — 4 618 719 ta.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- engil avtomobillar — 4 618 719 ta;
- yuk avtomobillari — 343 375 ta;
- mikroavtobuslar — 7 508 ta;
- maxsus transport vositalari — 7 128 ta;
- avtobuslar — 5 786 ta.
Hududlar kesimida eng ko‘p avtotransport vositasi Toshkent shahrida qayd etilgan — 637 706 ta.
Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 573 472 ta va Samarqand viloyati — 563 072 ta avtotransport vositasi bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 476 148 ta, Qashqadaryo viloyatida 457 457 ta, Andijon viloyatida 381 421 ta, Namangan viloyatida 336 810 ta va Surxondaryo viloyatida 325 980 ta avtotransport vositasi jismoniy shaxslarga tegishli.
Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar:
- Buxoro viloyati — 309 391 ta;
- Xorazm viloyati — 287 918 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 220 882 ta;
- Navoiy viloyati — 156 745 ta;
- Jizzax viloyati — 145 392 ta;
- Sirdaryo viloyati — 110 122 ta.
Shunday qilib, 1 iyul holatiga jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 5 mln donaga yaqinlashgan.