Maʼlum qilinishicha, roʻyxatga olish jarayonida mamlakat aholisining 97,3 foizi qamrab olingan. Qolgan 2,7 foiz aholi turli sabablarga koʻra roʻyxatga olishda ishtirok etmagan.

Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich xalqaro amaliyot nuqtai nazaridan meʼyoriy holat hisoblanadi. Ayrim davlatlar tajribasida roʻyxatga olish jarayonida qamrab olinmagan aholi ulushi 10 foiz va undan yuqori boʻlgan holatlar ham uchraydi.

Matbuot anjumanida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, bir nafar aholoni roʻyxatga olish uchun sarflangan xarajat 0,12 AQSh dollarini tashkil etgani ham maʼlum qilindi.

Mutasaddilarning taʼkidlashicha, bu natija roʻyxatga olishni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanilgani hamda tashkiliy xarajatlar optimallashtirilganini koʻrsatadi.