Bu haqida «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Ruxsora Masharipova OAV uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Hisobot davrida turizm maskanlari, aeroportlar, temiryo‘l vokzallari va boshqa jamoat joylaridagi 3 mingga yaqin Wi-Fi hududi monitoring qilindi. Natijada aniqlangan 44 ta kamchilik bartaraf etildi.
To‘qqiz oy davomida inspektsiyaga jismoniy va yuridik shaxslardan 7 215 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 6 038 tasi qanoatlantirilgan.
Sayyor qabullarda ko‘rib chiqilgan 578 ta murojaatning 91 foizi ijobiy hal etilgan.
Pochta xizmatlari bo‘yicha esa jo‘natmalarni belgilangan muddatlarda yetkazib berish bilan bog‘liq 932 ta kamchilik aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan mas’ullarga ogohlantirishlar berilgan.
Sohadagi muammolar va xizmatlar sifati yuzasidan murojaatlarni qabul qilish uchun «O‘zkomnazorat» inspeksiyasining 1144 qisqa raqamli ishonch telefoni faoliyat yuritmoqda.