Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga ko‘ra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 barobarga oshgan.

Oʻzbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Rossiya hissasiga toʻgʻri keldi — 580 nafar. Keyingi oʻrinlarda Qozogʻistondan 362 nafar va Tojikistondan 147 nafar kishi qayd etilgan. Boshqa davlatlardan esa 560 nafar kishi ko‘chib kelgan.

Hududlar kesimida eng koʻp ko‘chib kelganlar Toshkent shahrida qayd etildi — 1 089 nafar. Toshkent viloyatiga 269 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 115 nafar kishi doimiy yashash uchun kelgan.

Shuningdek, Navoiy viloyatiga 31 nafar, Samarqand viloyatiga 22 nafar, Xorazm viloyatiga 21 nafar, Surxondaryo viloyatiga 18 nafar, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlariga 15 nafardan ko‘chib kelgan.

Buxoro va Namangan viloyatlarida bu koʻrsatkich 13 nafardan, Jizzax viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 5 nafarni tashkil etdi.