Ma’lum qilinishicha, vakansiyalar xizmat ko‘rsatish va oshxona yo‘nalishlarida bo‘lib, nomzodlarga oyiga 900 dollardan 1650 AQSh dollarigacha maosh taklif etilmoqda.

E’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari quyidagilardan iborat:

— Service assistant — 10 ta o‘rin (1100 dollar)
— Bar waiter — 5 ta o‘rin (1350 dollar)
— 2nd cook — 10 ta o‘rin (1650 dollar)
— Assistant cook — 10 ta o‘rin (1150 dollar)
— Galley utility — 10 ta o‘rin (900 dollar)

Kompaniyaga ko‘ra, xodimlarning oylik maoshi va lavozimi ish samaradorligiga qarab bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Nomzodlar uchun asosiy talablar:
— yosh 18 yoshdan 45 yoshgacha;
— ingliz tilini kamida B1 darajasida bilish.

Shuningdek, Yevropa davlatlari tillarini biladigan nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, mazkur dastur ishtirokchilari turli mamlakatlarga sayohat qilish, AQSh ishchi vizasini olish hamda Migratsiya agentligi bilan uch tomonlama kafolatlangan shartnoma asosida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ishga joylashish uchun nomzodlar “V.Ships Leisure” platformasi orqali ariza topshirishi mumkin. Saralab olinganlar bilan kompaniya HR mutaxassislari bog‘lanadi, keyingi bosqichda esa ish beruvchi bilan suhbat o‘tkaziladi.