Bu haqida Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv doirasida oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy sanʼati, noyob ijod namunalari, milliy liboslar bilan tanishgan, shuningdek, o‘zbek xalqining boy anʼana va urf-odatlari haqida batafsil maʼlumot olgan.
Bildirilishicha, samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan suhbat davomida xonimlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.