Bu haqda Prezidentning “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–130-son, 07.04.2026 y.) da belgilangan.
Qarorga koʻra, goʻsht mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan quyidagi yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi:
2026 yil 1 apreldan 2026 yil 1 avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qoʻy goʻshtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm goʻsht uchun 0,8 AQSH dollaridan oshmagan miqdorda;
2026 yil 1 apreldan 2026 yil 31 dekabrgacha xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 mln soʻmdan oshmagan miqdorda.
Mazkur qarorga muvofiq, subsidiyalar Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.