Xabaringiz bor, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ulg'ayib kelayotgan yosh avlod qalbida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish hissini oshirish maqsadida shu yilning sentyabr` oyida O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “ekologiya mavzusiga doir eng yaxshi adabiy asarlar” tanlovini e'lon qilgan edi.

Tanlovda professional adiblar va yosh ijodkorlar bosma nashrlar hamda ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatga olingan veb-saytlardagi adabiy-badiiy asarlari bilan ishtirok etdi. 2019 yilning 31 avgustidan 2020 yilning 20 noyabrigacha e'lon qilingan ijodiy ishlar taniqli va tajribali ijodkorlar hamda ekologiya sohasi mutaxassislaridan tarkib topgan hay'at a'zolari tomonidan ko'rib chiqilib, g'olib va sovrindorlar aniqlandi.

2020 yilning 15 dekabr` kuni O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasida tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Barcha g'olib va sovrindorlarni mukofotlar bilan tabriklaymiz.

Quyida ularning ro'yxati e'lon qilinmoqda:

1-o'rin:

Muhiddin Abdusamad  – “Uchayotgan kipriklar” nomli she'riy to'plam uchun

2-o'rin:

Jumaqul Qurbonov – “Tog'lar ko'zyoshlarga ishonadi” nomli qissasi uchun

Karimberdi To'ramurod – “Tog'ay Muroddan qolgan dalalar” hikoyalar to'plami uchun

3-o'rin:

Fozil Farhod – “Kulgilar bazmida quvonch to'la jom” nomli she'riy turkumi uchun

Bibi Robia Saidova – “Marv tuti” hikoyasi uchun

Rag'batlantiruvchi mukofotlar:

Ilhomjon Abdusalomov, “Tabiatni asrash burchimiz” hikoyasi uchun

Muhiddin Omad, turkum she'rlari uchun

Shavkat Do'stmuhammad, qo'g'irchoq teatri uchun to'rt ko'rinishli “Gulsevarning gullari” nomli ertak-p`esasi uchun

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati