Xususan, epidemiya Suriyada avj olmoqda. Laboratoriya tekshiruvlari va ekspress-testlar natijalariga koʻra, bu yerda vaboga chalinganlar soni 757 nafarga yetgan.

Eng yomoni, kasallik 41 nafar kishini hayotdan olib ketdi. Ulardan 34 nafari Halab viloyatida yashagan bemorlar edi.

Shuningdek, Dayr-az-Zor, Al-Hasek, Raqqa, Latakiya va Damashqda oʻlim holatlari kuzatilgan. Olib borilgan tekshiruvlardan soʻng muz tayyorlanadigan korxona va oqova suv tarkibida vabo namunalari topildi.

Buning sababi Furot daryosi suvidan foydalanilgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.