10-apreldan “Qamchiq” dovoni orqali turistik mikroavtobus qatnovini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi

    Hukumat 29 Mart 2023 1597

    Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.

    Shuningdek, temir yoʻl va avtotransport sohasida:

    - 1-iyungacha 34 ta zamonaviy elektrichka sotib olish boʻyicha tenderlar yakunlanib, yil oxiriga qadar kamida 8 tasi olib kelinadi;

    - 1-apreldan turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq oʻrindiqli hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq boʻlmagan avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi;

    - 2023-yilda sayyohlik tashkilotlariga ushbu avtobuslarni olish uchun 30 million dollar kredit resurslari taklif qilinadi;

    - 10-apreldan xavfsizlik choralarini koʻrib, “Qamchiq” dovoni orqali turistik mikroavtobus (15 kishigacha), Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.