Prezidentimizning 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan loyihada 15-aprel sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” deb belgilash taklif qilinmoqda.
Majlisda qayd etilganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda milliy madaniyatni yana-da rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash hamda targʻib etish, xalq ogʻzaki ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini yana-da ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini taʼminlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bunda madaniyat va sanʼat sohasi fidoyilarining munosib hissasi bor.
Muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi qabul qilindi.