Tadbirda fuqaro N.X. hech qanday hujjatlari boʻlmagan inson sogʻligʻi va hayoti uchun  xavfli boʻlgan 2 000 litr metil spirtini boshqa bir fuqaro M.ga 3 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.