Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman bo'limi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda Farg'ona viloyatidan kelgan fuqaro D.B. fuqaro B.Q.ning “Nexia-2” rusumli avtotransport vositasida hech qanday hujjatsiz 2 500 quti aksiz markasi bo'lmagan “Esse Change” nomli tamaki mahsulotini Namangan shahrida o'tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.