Shu yilning aprel oyida 27 yoshli Mirzahakim M. 43 yoshli Farrux M.dan 47 nafar fuqaroni umra safariga joʻnatishda yordam berishni vaʼda qilib, buning uchun jami 55.250 AQSH dollari olgan.

Biroq erkak vaʼdasini bajarmay pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Bu haqda Mirobod tumani IIO FMBga xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.